locale OZ

Olise «Bavariya»da eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo‘lishi mumkin

Olise 2024-yil yozida Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan 60 million yevro evaziga «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olise «Bavariya»da eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo‘lishi mumkin
Фото: Getty Images

«Bavariya» Maykl Olise bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Futbolchining amaldagi kelishuvi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Qayd etilishicha, myunxenliklar Mayklga jamoaning eng yuqori maosh oluvchi futbolchisiga aylanish imkonini beradigan shartlarni taklif qilishga tayyor.

Bungacha 24 yoshli fransiyalik vingерga «Real» hamda «Liverpul» qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi. Biroq Ispaniya klubiga yaqin manbalarning fikricha, Olise katta ehtimol bilan faoliyatini Myunxenda davom ettiradi. U Germaniyada o‘zini baxtli his qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum vingер «Bavariya» safida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 5 ta assist amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Olise 2024-yil yozida Angliyaning «Kristal Pelas» klubidan 60 million yevro evaziga «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting