Olimpiya terma jamoamizning Osiyo kubogi (U-23) saralashi uchun tarkibi e'lon qilindi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi uchun futbolchilar ro‘yxatini ma'lum qildi. Qo‘shni Tojikiston va Qirg‘izistondan farqli o‘laroq, terma jamoamiz butun yoshlar tarkibini milliy jamoaga jalb qilmasdan, ikki frontda ham raqobatlasha oladi. Masalan, milliy jamoa safida Xusanov, Fayzullayev va Nazarov harakat qiladi. Olimpiya jamoasi esa ularsiz ham kuchli ko‘rinishga ega. Tarkibda tajribali yigitlar, klublarida asosiy o‘rin egallaydigan futbolchilar va legionerlar bor. Jumladan, Urinboev hamda Rahmonaliyev.
Eslatib o‘tamiz, guruhdagi raqiblarimiz — Qirg‘iziston, Falastin va Shri-Lanka. Birinchi bahs 3 sentyabr kuni Shri-Lankaga qarshi o‘tkaziladi.
Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoa Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin sohibining taqdiri esa boshqa guruhlardagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi.
