locale OZ

«Olimpik»ning sobiq bosh murabbiyi SSKAda ish boshladi

39 yoshli mutaxassis yordam murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Olimpik»ning sobiq bosh murabbiyi SSKAda ish boshladi
FOTO: Getty Images

Toshkentning «Olimpik» klubi sobiq bosh murabbiyi Denis Korostichenko Moskvaning SSKA jamoasida Dmitriy Igdisamovning murabbiylar shtabidan joy oladi.

Korostichenko avvalroq yoshlar jamoasida ham Igdisamovga yordamchi boʻlib ishlagan edi.

Eslatib oʻtamiz, 39 yoshli mutaxassis 2024 yilning avgustidan dekabriga qadar Toshkentning «Olimpik» klubida bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritgan edi. Ungacha esa u poytaxt jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga koʻra, Igdisamovning SSKA mudofaasi va shtabini shakllantirish boʻyicha jamoasiga Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov hamda Rossiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Roman Adamov ham kirishi aytilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting