locale OZ

«Olimpik Mobiuz» futbolchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazildi

Barcha jarayonlar belgilangan tibbiy meʼyorlar asosida amalga oshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Olimpik Mobiuz» futbolchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazildi
Фото: Олимпик МобиУз

Yangi mavsum oldidan Olimpik Mobiuz jamoasi futbolchilari to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy nazorat jarayonida futbolchilarning umumiy sog‘ligi, jismoniy holati hamda sport faoliyatiga tayyorgarlik darajasi mutaxassislar tomonidan o‘rganildi.

Ko‘rik davomida yurak-qon tomir tizimi, nafas olish, suyak-muskul tizimi holati, shuningdek, umumiy tibbiy tahlillar o‘tkazildi. Barcha jarayonlar belgilangan tibbiy meʼyorlar asosida amalga oshirildi.

Tibbiy ko‘rikning asosiy maqsadi — futbolchilar sog‘ligini muhofaza qilish, jarohatlarning oldini olish va mavsum davomida jamoaning barqaror ishtirokini taʼminlashdan iborat.

Jamoa aʼzolari keyingi mashg‘ulotlar va musobaqalarga to‘liq tayyor holda kirishishi rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting