“Olimpiakos” Nair Tiknizyan transferini rasman e’lon qildi
Kelishuv muddati klub tomonidan hozircha ochiqlanmagan.
Foto: Getty Images
Gretsiyaning “Olimpiakos” klubi Armaniston terma jamoasi himoyachisi Nair Tiknizyan bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. 27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan mehnat shartnomasini imzolagan, biroq kelishuv muddati klub tomonidan hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq OAVda Tiknizyan “Olimpiakos” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolashi va yiliga taxminan 1 million yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Klub esa rasmiy e’londa bu tafsilotlarni tasdiqlamadi.
Tiknizyan o‘tgan mavsumni Serbiyaning “Srvena Zvezda” klubi safida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Nair Tiknizyan bungacha Rossiyada Moskvaning “Lokomotiv” va SSKA klublari safida ham to‘p tepgan. Endilikda armanistonlik himoyachi faoliyatini Gretsiyaning “Olimpiakos” klubida davom ettiradi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz
Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!