locale OZ

Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi

Sportchi antidoping qoidalarini (ADRV) buzganiga qaror chiqarilganda norozilik bildirmadi va bahslashmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
ФОТО: Getty images

Jahon boksida mustaqil antidoping dasturiga rahbarlik qiluvchi Xalqaro test agentligi (ITA) xabariga ko‘ra, Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov 3 yilga chetlatildi.

Sportchi 2025 yil 11 iyun kuni musobaqadan tashqari paytda namuna topshirgach, taqiqlangan metasteron metabolit moddasi uchun test natijasi musbat bo‘lib chiqdi.

Sportchi antidoping qoidalarini (ADRV) buzganiga qaror chiqarilganda norozilik bildirmadi va bahslashmadi. Qoidalarga ko‘ra, shu sababli u 4 yilga emas, balki 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi.

Uning diskvalifikatsiya muddati 2025 yil 22 iyuldan 2028 yil 21 iyulgacha amal qiladi. Shuningdek, 2025 yil 11 iyundan (sinov topshirilgan sana) 2025 yil 22 iyulgacha (vaqtincha chetlatilgan sana) bo‘lgan musobaqalardagi barcha natijalari bekor qilinadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting