Olich: «PSJ» va «Bavariya» dunyodagi eng yaxshi futbolni oʻynaydi, lekin bir jamoa kuchliroq boʻlib chiqdi»
“Bavariya”ning sobiq futbolchisi Ivitsa Olich Chempionlar ligasi 1/2 finali doirasida myunxenliklar va “PSJ” oʻrtasidagi javob uchrashuvi (1:1) yakunlari boʻyicha fikr bildirdi. Parijliklar ikki oʻyin natijasiga koʻra — 6:5 hisobida finalga chiqdi.
“Men bugun “Bavariya” jamoasini koʻrdim va, albatta, magʻlubiyatdan keyin kayfiyat har doim yomon boʻladi. Ammo bu normal holat. Kecha katta oʻyin, katta oqshom boʻldi. Men oʻsha yerda edim, oʻyinni tomosha qildim va aytishim kerakki, “PSJ” “Bavariya”dan biroz kuchliroq edi va haqli ravishda finalga chiqdi. Parijliklar himoyada ajoyib oʻynadi, bu ular uchun gʻayrioddiy hol. “Bavariya”da deyarli vaziyatlar boʻlmadi — ular har bir oʻyinda 10 tadan vaziyat yaratadi, kecha esa bunga erisha olmadi. “PSJ” esa birinchi qarshi hujumdayoq gol urdi. Meni “PSJ”da hamma — Kvara ham, Dembele ham, umuman, barcha himoyada ishlagani hayron qoldirdi.
Muxlislar Parijdagi kabi oʻyinni, shuncha koʻp gollarni kutishgandi. Ammo kecha asosiy vazifa finalga chiqish edi. “PSJ” va “Bavariya” bu mavsumda dunyodagi eng yaxshi futbolni namoyish etmoqda, ammo asosiy o‘yinda bir jamoa kuchliroq bo‘lib chiqdi”, — dedi Olich “Chempionat” muxbiri Vladimir Chetverik bilan suhbatda.