locale OZ

Oleg Zoteev: “Operatsiya yaxshi o'tdi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oleg Zoteev: “Operatsiya yaxshi o'tdi”
PHOTO: Telegram

“Andijon”ning tajribali futbolchilaridan biri Oleg Zoteev yaqinda mashg'ulotlardan birida oyog'idan jarohat olgani sababli Moskvada operasiya qildirdi.

Shu boisdan hozirda u jamoamiz bilan birga emas. Birinchi navbatda unga sog'liq tilaymiz va ayni paytdagi holati xususida futbolchi klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

"Operatsiya yaxshi o'tdi. Muammo yo'q, barchasi qoniqarli. Toshkentga keldim. Faqat safga qachon qaytishimni bilmayman.

21 kun mobaynida deyarli gips holatida bo'laman. Keyin tikilgan iplari yechiladi. Shunga qarab yana bilinadi. Yana bir marotaba MRT qilinadi.

Albatta, iloji boricha tezroq qaytib, jamoamga yordam berishga harakat qilaman”, - deydi Zoteev.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting