locale OZ

OKMK yana «Gʻazalkent» ustidan zafar quchdi

Hazratjon Tursunqulov, Nodirbek Abdurazzoqov va Rian Islamov bittadan gol muallifi boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK «G‘azalkent»ga qarshi ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi
Фото: Ғазалкент ПФК

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida OKMK futbol klubi Pro Liga vakili "Gʻazalkent" jamoasiga qarshi 4–5-iyul kunlari ikkita nazorat uchrashuvi oʻtkazdi.

Har ikki bahsda ham "konchilar" ishonchli oʻyin namoyish etib, gʻalabaga erishdi. Dastlabki uchrashuv 3:1, ikkinchi nazorat bellashuvi esa 5:1 hisobida OKMK foydasiga yakunlandi.

Birinchi uchrashuvda Hazratjon Tursunqulov, Nodirbek Abdurazzoqov va Rian Islamov bittadan gol muallifi boʻldi.

Ikkinchi bahsda esa Urosh Koyich, Siyavash Haqnazari raqib darvozasini bir martadan ishgʻol qilgan boʻlsa, Mirjamol Qosimov xet-trik qayd etib, jamoamizning yirik gʻalabasiga munosib hissa qoʻshdi.

Birinchi uchrashuvdagi tarkibimiz: Muhammad Ubaydullaev, Ahmadullo Muqimjonov, Abubakr Rizo Turdialiev, Abror Sarimsoqov, Shahzod Toirov, Eldorbek Begimov, Rian Islamov, Arihiro Sentoku, Hazratjon Tursunqulov, Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abdurazzoqov

Ikkinchi uchrashuvdagi tarkibimiz: Javohir Ilyasov, Dilshodbek Ahmadaliev, Avazbek Olmasaliev, Abror Karimov, Saidafzalkhon Ahraorov, Georgi Papava, Siyavash Haqnazari, Mirjamol Qosimov, Aziz Xolmurodov, Asadbek Sobirjonov, Urosh Koyich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting