locale OZ

OKMK va «OKMK-Semurgʻ» oʻrtasidagi nazorat uchrashuvi o'tkazildi

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida nazorat bahsi o'tkazildi.
Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
OKMK va «OKMK-Semurgʻ» oʻrtasidagi nazorat uchrashuvi o'tkazildi
photo: OKMK fk

FIFA kunlari munosabati bilan chempionatlarda yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida OKMK FK hamda «OKMK-Semurgʻ» jamoalari oʻzaro nazorat uchrashuvini oʻtkazishdi.

Mazkur bahs murabbiylar shtabiga futbolchilarning jismoniy va funksional holatini baholash, ayrim futbolchilarni amaliyotda sinovdan oʻtkazish hamda turli taktik yechimlarni ko‘zdan kechirish imkonini berdi. Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, uchrashuv 30 daqiqadan iborat toʻrtta taym formatida tashkil etildi va yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtdi.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahsda OKMK 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. OKMK FK safida Ali Abdurahmonov, Nodirbek Abdurazzoqov va Mirjamol Qosimov raqib darvozasini ishgʻol qilib, gʻalabaga munosib hissa qoʻshishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

OKMK FK — «OKMK-Semurgʻ» 4:3

Gollar:
Ali Abdurahmonov (50), Avtogol (83), Nodirbek Abdurazzoqov (88), Mirjamol Qosimov (101, pen)

12-iyun, juma.

«Do’rmon» stadioni

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting