ОKMK U-21 oʻrinbosarlar jamoasining murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berdi
OKMK FK U-21 jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida murabbiylar shtabida o‘zgarishlar yuz berganini rasmiy e’lon qiladi. Klub rahbariyati jamoaning o‘yin uslubi, taktika va strategiyasini takomillashtirish, shuningdek yosh futbolchilarning texnik, taktika va jismoniy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tajribali mutaxassislarni tayinladi.
Yangi murabbiylar shtabi tarkibi:
Davron Orifovich Fayziyev — U-21 bosh murabbiyi
Bobur Abdug‘opporovich Madaminov — U-21 yordamchi murabbiyi
Murodjon Shavkatovich Zuhurov — U-21 darvozabonlar murabbiyi
Ulug’bek Sayfialievich Turdialiev — U-21 jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi
“Klub rahbariyati va jamoa yangi murabbiylar shtabining malakasi va boy tajribasiga to‘liq ishonch bildiradi va ishonamizki, ularning hissasi jamoaning muvaffaqiyat sari intilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi”, - deyiladi klub xabarida.