OKMK U-19 jamosi mavsumni g‘alaba bilan boshladi
Uchrashuv taqdirini esa 90+2-daqiqada Boyir Mamajonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Фото: Андижон ПФК
O‘zbekiston U-19 chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Andijon» – OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi. Vodiyda kechgan mazkur qarama-qarshilik murosasiz va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi.
Har ikki jamoa ham himoya va hujum chiziqlarida tartibli o‘yin namoyish etib, taktik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rganligini namoyon qildi. Uchrashuv taqdirini esa 90+2-daqiqada Boyir Mamajonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Shu tariqa, OKMK U-19 jamoasi safarda minimal hisobdagi (0:1) g‘alabani rasmiylashtirib, joriy mavsumni muvaffaqiyatli start bilan boshladi hamda turnir jadvalida dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist