OKMK jamoasi «OKMK-Semurg‘»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida OKMK jamoasi «OKMK-Semurg‘»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuv 35 daqiqadan iborat to’rtta taym shaklida o‘tkazildi.
"Mazkur bahs davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini baholash, taktik jihatdan turli yechimlarni sinovdan o‘tkazish hamda tarkibdagi o‘zaro hamkorlikni ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldi.
Birinchi uchrashuvda vakillarimiz 2:2 hisobida durang natijasini qayd etdi. Jamoamiz safidagi gollarga Faridjon Abdullayev va Ali Abdurahmonov mualliflik qildi.
Ikkinchi bahsda ham murabbiylar shtabi tarkibda bir qator oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Yakunda jamoamiz 5:1 hisobida gʻalaba qozondi. Avazbek O’lmasaliyev, Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov uchrashuvda bittadan golga mualliflik qilgan bo’lsa, Ivan Peshich dubl qayd etdi.
Nazorat uchrashuvlari natijasidan qatʼi nazar, mazkur bahslar murabbiylar shtabiga jamoaning ayni paytdagi holatini baholash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va mavsumoldi tayyorgarlikning keyingi bosqichlari uchun zarur xulosalar chiqarish imkonini berdi.
Nazorat o’yini. 1-o’yin
OKMK — «OKMK-Semurg‘» 2:2
Gollar: Faridjon Abdullayev, Ali Abdurahmonov
Birinchi o’yin tarkibi: 1.Muhammad Ubaydullayev, 3.Shahzod Toirov, 4.Mirjamol Qosimov, 11.Ali Abdurahmonov, 15.Asror Otaxonov, 22.Saidafzalxon Ahrorov, 26.Faridjon Abdullayev, 27.Urosh Koyich, 30.Abror Sarimsoqov, 32.Sardorbek To’laganmirzayev, 78.Abdulloh Fazliddinov
Nazorat o’yini. 2-o’yin
OKMK — «OKMK-Semurg‘» 5:1
Gollar: Avazbek O’lmasaliyev, Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov, Ivan Peshich (dubl)
lkkinchi o’yin tarkibi: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 5.Giorgi Popava, 6.Avazbek O’lmasaliyev, 8.Abubakr Rizo Turdialiyev, 10, Asadbek Sobirjonov, 19.Ahmadullo Muqimjonov, 21.Hazratjon Tursunqulov, 28.Arihiro Sentoku, 44.Abror Karimov, 77.Ivan Peshich, 88.Siavash Haqnazari
Nazorat uchrashuvi jamoaning tayyorgarlik jarayonini izchil davom ettirish va bo‘lajak bahslarga puxta hozirlik ko‘rish yo‘lidagi navbatdagi mashg‘ulot vazifasini o‘tadi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.