locale OZ

OKMK futbol akademiyasi tajribali mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettiradi

Denis Xomutov bilan hamkorlikni 2028-yil yakuniga qadar uzaytirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK futbol akademiyasi tajribali mutaxassis bilan hamkorlikni davom ettiradi
Фото: ОКМК

Bugungi kunda OKMK professional futbol klubi nafaqat Superligadagi barqaror ishtiroki, balki o‘zbek futbolining kelajagiga xizmat qiluvchi poydevori hamda yoshlar bilan ishlashning o‘ziga xos metodikasi bilan jamoatchilik e’tiborida bo‘lib turibdi.

Klub rahbariyati bugungi muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmay, uzoq muddatli strategik islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida, akademiyaning ukrainalik sport direktori Denis Xomutov bilan hamkorlikni 2028-yil yakuniga qadar uzaytirdi.

Yangi shartnoma doirasida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi:

Murabbiylar salohiyati: Mahalliy mutaxassislarning xorijiy stajirovkalarini tashkil etish va Denis Xomutov boshchiligida ularning metodik bilimlarini muntazam boyitib borish.

Innovatsion yondashuv: Mashg‘ulotlar jarayoniga zamonaviy tahliliy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish.

Skauting va seleksiya: Iqtidorlarni izlab topish ko‘lamini kengaytirish orqali eng kuchli yoshlarni klub strukturasiga jalb etish.

Mintaqaviy liderlik: OKMK akademiyasini nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyodagi eng nufuzli tayyorlov markazlaridan biriga aylantirish.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting