locale OZ

OKMK FK Turkiyadagi yig‘inini yakunlab, mamlakatimizga qaytib keldi

«Konchilar» yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK FK Turkiyadagi yig‘inini yakunlab, mamlakatimizga qaytib keldi
photo: OKMK fk

«Konchilar» yangi futbol mavsumiga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, bugun poytaxtimizga qaytib kelishdi. 4–18-fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida kechgan ushbu xorij yig‘ini jamoaning jismoniy va taktik holatini kuchaytirishda muhim poydevor bo‘ldi.

Ikki hafta davom etgan qizg‘in jarayonda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi asosiy e’tiborni yangi futbolchilarni jamoa falsafasiga moslashtirish va turli taktik uslublarni sinovdan o‘tkazishga qaratdi. Antaliyaning qulay iqlimi mashg‘ulotlarni yuqori tempda o‘tkazish imkonini bergan bo‘lsa, xalqaro miqyosdagi nazorat o‘yinlari jamoaning mavsum startiga tayyorgarligini ko‘rsatib beruvchi o‘ziga xos imtihon vazifasini o‘tadi. Ushbu bahslar murabbiylarga tarkibdagi muvozanatni topish va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur xulosalarni taqdim etdi.

OKMK FK jamoasi Turkiyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida Rossiya, Qozogʻiston, Chernogoriya va Gruziya klublariga qarshi jami 7 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahslarda vakillarimiz 3 ta gʻalaba, 3 ta magʻlubiyat va 1 ta durang natija qayd etishdi.

Oʻyinlar natijalari quyidagicha:

1-oʻyin
OKMK FK — «SKA» (Rossiya) 2:1

2-oʻyin
OKMK FK — «Jenis» (Qozogʻiston) 1:0

3-oʻyin
OKMK FK — «Dechich» (Chernogoriya) 2:2

4-oʻyin
OKMK FK — «Rotor» (Rossiya) 1:2

5-oʻyin
OKMK FK — «Meshahte» (Gruziya) 2:0

6-oʻyin
OKMK FK — «Ahmat» (Rossiya) 2:3

7-oʻyin
OKMK FK — «Iberia 1999» (Gruziya) 0:1

Endilikda, Toshkentga ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan jamoa a’zolariga qisqa muddatli hordiq beriladi. Shundan so‘ng, klub o‘z qarorgohida yig‘ilib, O‘zbekiston chempionati va kubok bahslariga yakuniy tayyorgarlikni boshlaydi. Antaliya yig‘ini davomida shakllangan o‘zaro birdamlik OKMK FKning joriy mavsumdagi yuksak maqsadlariga erishishida muhim omil bo‘lishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting