OKMK FK murabbiylar shtabiga tajribali mutaxassis jalb etildi
Yangi mavsum oldidan jamoani yanada kuchaytirish va murabbiylar shtabi faoliyatini takomillashtirish maqsadida «konchilar» tarkibida muhim yangilanish amalga oshirildi. Mamlakatimiz futbol ixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan Denis Aleksandrovich Ivankov rasman OKMK FK murabbiylar shtabi a’zosiga aylandi.
"2004-yildan buyon murabbiylik faoliyatini olib borayotgan 53 yoshli tajribali mutaxassis shu kunga qadar «Kimyogar», «Mash’al», «Paxtakor», «Nasaf», «Knyaja» (Ukraina) klublari hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida samarali faoliyat yuritgan. Endilikda, OKMK FK va murabbiy o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
OKMK FK rahbariyati Denis Aleksandrovich Ivankovning jamoaga qo‘shilishini darvozabonlar mahoratini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam deb baholaydi. Shunday ekan, yangi murabbiy bilan birgalikda klub darvozabonlarining malakasi va barqarorligi yanada oshishi, jamoaning muvaffaqiyatli natijalarga erishishida muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildiriladi.
OKMK FK ahil oilasiga xush kelibsan, Denis Ivankov!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.