OKMK FK jamoasi Turkiyaga uchib ketdi
OKMK professional futbol klubi yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va ikkinchi xorijiy yig‘inini o‘tkazish maqsadida bugun erta tongdan Turkiyaning Antaliya shahriga yo‘l oldi. Jamoa o‘zini yuqori tayyorgarlik darajasida sinash, yangi taktika variantlarini joriy etish va o‘yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan ikki haftalik mashg‘ulotlarga kirishadi.
Mirjalol Qosimov shogirdlari 18-fevralgacha davom etadigan ushbu yig‘inda jismoniy va taktik tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratadi. Shu davr mobaynida OKMK FK 5 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan bo‘lib, har bir bahs mavsum oldi tayyorgarlik jarayonida muhim sinov vazifasini o‘taydi.
Jamoamizning raqiblari quyidagicha:
06.02.2025
OKMK FK — «SКА-Xabarovsk» (Rossiya)
09.02.2025
OKMK FK — «Jenis» (Qozog‘iston)
11.02.2025
OKMK FK — «Rotor» (Rossiya)
14.02.2025
OKMK FK — «Axmat Grozniy» (Rossiya)
17.02.2025
OKMK FK — Iberiya (Gruziya)
Ta'kidlash joizki, ushbu bahslar jamoa tarkibi imkoniyatlarini baholash, o‘yin tizimini yanada takomillashtirish hamda mavsum oldidan optimal sport formaga kirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.