locale OZ

OKMK FK jamoasi qisqa muddatli ta’tilga chiqdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK FK jamoasi qisqa muddatli ta’tilga chiqdi
Фото: ОКМК

Mavsumning sermahsul va mas’uliyatli qismidan keyin futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga qisqa hordiq berildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tanaffus davomida jamoa a’zolari jismoniy va ruhiy tiklanish jarayonini olib borishadi.

Ta’til yakunlangach, «konchilar» keyingi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mavsumning navbatdagi bahslarida muxlislarni quvontirish maqsadida mashg‘ulotlarga kirishadi.

“Fursatdan foydalanib, jamoamizni har bir o‘yinda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz futbolchilar uchun katta kuch bo‘lib xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting