locale OZ

OKMK «Esxata» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi

Xolmurodov pokerga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMK «Esxata» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: ОКМК

Tojikistondagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan OKMK FK navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Vakillarimiz yig‘in doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida Tojikistonning «Esxata» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holati va o‘yin amaliyotini baholash maqsadida turli tarkibiy variantlarni sinovdan o‘tkazdi.

Bahsda tashabbusni to‘liq o‘z qo‘liga olgan OKMK futbolchilari hujumda samarali harakat qilib, raqib darvozasini 10 bor ishg‘ol etishdi. Yakunda uchrashuv 10:2 hisobida «konchilar»ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
OKMK FK — «Esxata» 10:2
Gollar:
Aziz Xolmurodov (poker), Ali Abdurahmonov (xet-trik), Asadbek Sobirjonov, Naoaki Senaga, Urosh Koyich

Tarkib: Javohir Ilyosov — Dilshodbek Ahmadaliyev, Abror Karimov, Shahzod Toirov, Saidafzalxon Ahrorov — Giorgi Papava, Mirjamol Qosimov, Aziz Xolmurodov — Nodirbek Abdurazzoqov, Asadbek Sobirjonov, Ali Abdurahmonov

Zaxira: Muhammad Ubaydullayev, Hamidullo Abdunabiyev, Umidjon Ergashev, Ahmadullo Muqimjonov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Abror Sarimsoqov, Eldorbek Begimov, Rian Islomov, Arihiro Sentoku, Naoaki Senaga, Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov, Behruz Islomov, Faridjon Abdullayev, Urosh Koyich.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting