locale OZ

Okan Buruk: «Osimhenning jarohati «Liverpul»ga qarshi oʻyin taqdirini hal qildi»

«Galatasaroy» bosh murabbiyi «Liverpul»dan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Okan Buruk: «Osimhenning jarohati «Liverpul»ga qarshi oʻyin taqdirini hal qildi»
FOTO: Getty Images

Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasi bosh murabbiyi Okan Buruk UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan javob uchrashuvidagi (0:4) mag‘lubiyat sabablariga to‘xtalib o‘tdi. Murabbiyning fikricha, jamoa hujumchisi Viktor Osimhenning 46-daqiqada maydonni tark etishi o‘yin taqdirini hal qilgan.

«Ruhiy jihatdan Osimhenning jarohat olishi o‘yinning burilish nuqtasi bo‘ldi. Qo‘lidagi og‘riq uni qattiq bezovta qildi, u 100 foiz tayyor emas edi. Dastlab biz yaxshi pressing uyushtirayotgan edik... «Liverpul»ni g‘alaba bilan tabriklayman, biz esa ko‘zlagan maqsadimizga erisha olmadik.

Langa kasalxonaga olib ketildi. Agar jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lsa, darhol tegishli qaror qabul qilinadi», — deya Burukning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Galatasaroy» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:0, 0:4) musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting