locale OZ

Ogastin Chidi Kvem – Ma'shal futbolchisi

Oʻzbekistonga kelishidan oldin esa Vetnamning "Xanoy" hamda Iroqning "Al-Naft" jamoalarida harakat qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ogastin Chidi Kvem – "Ma'shal" futbolchisi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning "Mash'al" futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish yo'lida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Jamoamiz nigeriyalik tajribali markaziy hujumchi Ogastin Chidi Kvem bilan rasmiy shartnoma imzoladi.

28 yoshli forvard "gazchilar"ning oldingi chizig'ida asosiy kuchga aylanishi kutilmoqda. Bo'yi 187 santimetr bo'lgan futbolchi jismoniy tayyorgarligi, havo kurashlaridagi ustunligi va raqib jarima maydonchasidagi faolligi bilan ajralib turadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Kvemning bozor qiymati 350 ming yevroga baholangan boʻlib, bu uni jamoadagi eng qimmat legionerlardan biriga aylantiradi.

Chidi Kvem professional faoliyati davomida asosan Janubiy Afrika va Vetnam chempionatlarida to'p surgan. U Janubiy Afrika Premer-ligasida "Chippa United", "TS Galaxy" va "AmaZulu" klublari sharafini himoya qilgan. Ayniqsa, "AmaZulu" safidagi o'yinlari e'tiborga molik boʻlib, qariyb 50 uchrashuvda 11 bor raqib darvozasini ishgʻol etgan. Oʻzbekistonga kelishidan oldin esa Vetnamning "Xanoy" hamda Iroqning "Al-Naft" jamoalarida harakat qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting