locale OZ

OFKning “Grassroots” dasturi doirasida bolalar futbol festivallari tashkil etildi

Tadbir yakunida yosh futbolchilarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OFKning “Grassroots” dasturi doirasida bolalar futbol festivallari tashkil etildi
photo: UFA

OFKning “Grassroots” dasturi doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizning 9 ta hududida bolalar futbol festivallari tashkil etildi.

Xususan, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida o‘tkazilgan festivalda 10-12 yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolalar bir nechta guruhlarga bo‘linib, kichik formatdagi o‘yinlarda qatnashdilar. Shuningdek, mahalliy murabbiylar tomonidan yosh ishtirokchilar uchun maxsus mashg‘ulotlar tashkil etilib, futbolning asosiy ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy saboqlar berildi.

Tadbir yakunida yosh futbolchilarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting