locale OZ

OFKning “A” litsenziyasi 1-moduli bo‘yicha murabbiylik kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi

14–19 iyun kunlari Buxoro viloyatida Osiyo futbol konfederatsiyasining “A” litsenziyasi 1-moduli bo‘yicha murabbiylik kurslari tashkil etildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OFKning “A” litsenziyasi 1-moduli bo‘yicha murabbiylik kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi
photo: UFA

OFKning “A” litsenziyasi 1-moduli bo‘yicha murabbiylik kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi.

14–19 iyun kunlari Buxoro viloyatida Osiyo futbol konfederatsiyasining “A” litsenziyasi 1-moduli bo‘yicha murabbiylik kurslari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev rahbarligida o‘tkazildi. Kurs davomida Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan 24 nafar murabbiy nazariy va amaliy darslarda ishtirok etdi.

O‘quv jarayonlari davomida ishtirokchilar zamonaviy futbol murabbiyligi, mashg‘ulotlarni rejalashtirish, o‘yin tahlili hamda futbolchilarning rivojlanishiga oid muhim mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting