OFK yangi musobaqalar tahliliga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan 2024–2025-yilgi mavsumdan start olgan klublar o‘rtasidagi yangi formatdagi musobaqalar tahliliga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda tashkilotga a’zo assotsiatsiyalar, milliy ligalar va ishtirokchi klublarning vakillari qatnashdi.
Seminar davomida ushbu mavsumdan joriy etilgan islohotlar, musobaqalar formati hamda reglamentdagi asosiy o‘zgarishlar muhokama qilindi. OFK Elit Chempionlar Ligasi, OFK Chempionlar Ligasi 2 va OFK Challenge Ligasi turnirlarining guruh bosqichi, pley-off strukturasiga oid tahlillar, statistik ma’lumotlar va xulosalar taqdim etildi.
Shuningdek, OFK vakillari tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvlardagi tomoshabinlar soni, media ko‘rsatkichlar, marketing strategiyalari va tijoriy samaradorlik bo‘yicha statistik hisobotlar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga keyingi mavsum rejalari haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir OFKning a’zo assotsiatsiyalar, ligalar va professional klublar bilan hamkorlikda ishlash, musobaqalarni tashkil etish va rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri sifatida baholanishi qayd etildi.

Futbol
Bugun da 19:39


Futbol
Bugun da 17:59