OFK vakillari mamlakatimizga tashrif buyurdi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi texnik direktor o‘rinbosari Takeshi Ono hamda Nufuzli yoshlar bo’limi a’zosi Seyed Mirshad Majedi O‘zbekistondagi futbol akademiyalarini baholash maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Bugun O‘FA rahbariyati va OFK vakillari ishtirokida “Elite youth” dasturi bo‘yicha hududiy futbol akademiyalarini rivojlantirish va bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Safar davomida delegatsiya “Nasaf” hamda “Bunyodkor” futbol klublari akademiyalarini Ikki yulduzli daraja, shuningdek Andijon futbol akademiyasini Bir yulduzli daraja bilan qayta baholash ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbek futboli rivoji yo‘lida ushbu tashrif katta ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimiz futbol akademiyalarining sifat darajasini xalqaro standartlar asosida baholash imkonini beradi.