O‘FF Prezidenti kubogi – 2026 ertaga o‘z yakuniga yetadi
Havaskor jamoalar o‘rtasida mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026-yilgi mavsumi ertaga — 16-may kuni o‘z nihoyasiga yetadi.
Turnirning so‘nggi — 18-tur uchrashuvlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi. Bahslar ertalab soat 08:00 dan start oladi.
18-tur uchrashuvlari yakunlangach, musobaqa g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan bir qator nominatsiyalar bo‘yicha laureatlar ham aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, TATU sport majmuasiga tomoshabinlar учун кириш mutlaqo bepul.
“O‘FF Prezidenti kubogi”
18-tur | 16-may (shanba)
08:00 | Olimpik — Istiqlol
09:00 | TATU — SQB
10:00 | Yoshlar t.j. — Kamol Construction
11:00 | Bojxona — BMB
12:00 | IMV — Parma