locale OZ

O‘FA va O‘zA o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Sport muhitini shakllantirish maqsadida mini-futbol musobaqasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA va O‘zA o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Фото: ЎФА

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish va futbol targ‘ibotini kuchaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati doirasida musobaqa o‘tkaziladigan hududlardan turib o‘zbekistonlik muxlislarga tezkorlik bilan axborot yetkazish, videomateriallar hamda media mahsulotlar tayyorlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, futbolning ommaviyligini oshirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida sog‘lom raqobat va sport muhitini shakllantirish maqsadida mini-futbol musobaqasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Yakunda tomonlar axborot almashinuvi samaradorligini oshirish va sport sohasidagi muhim yangiliklarni keng jamoatchilikka birgalikda yetkazish yuzasidan kelishib oldilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting