locale OZ

O'FA texnik direktori va FIFA mutaxassisi Buxoro viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'FA texnik direktori va FIFA mutaxassisi Buxoro viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurdi
FOTO: UzbekistanFA

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish hamda viloyatlar futbol akademiyalari faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijlik mutaxassislar jalb etilganidan xabaringiz bor.

O‘FA texnik direktori Gi Kiala va FIFA mutaxassisi Mishel Sablon boshchiligidagi delegatsiya Buxoro viloyati futbol akademiyasiga tashrif buyurib, u yerdagi infratuzlima va mashg‘ulot jarayonlari bilan tanishdi. U-13 jamoasi tarbiyalanuvchilari uchun mahorat darslari (master-klass) tashkil etildi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari tomonidan akademiya faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, futbol akademiyalari va futbol maktablatida murabbiylar uchun raqobatbardosh futbol muhitini yaratish hamda yosh va iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting