O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi va U-20 qizlar terma jamoasi bilan uchrashdi
2026-yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ayni kunlarda Milliy futbol markazida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogiga yo‘l olgan O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi 17–24-sentabr kunlari Yaponiyaning Xirosima shahrida xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ikki jamoa bosh murabbiylari — Kotrina Kulbite va Vladimir Panov bilan futbolchilarning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari haqida suhbatlashdi. Bundan tashqari, Milliy futbol markazida terma jamoalar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan futbolchilar fikrlari tinglandi.
Uchrashuvda oldinda turgan muhim o‘yinlarda jamoalarimizga omad tilanib, futbolchilar va murabbiylarga ishonch yuqori ekanligi ta’kidlandi. Jamoalarimiz uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.