locale OZ

O‘FA rahbariyati Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA rahbariyati Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi
FOTO: UzbekistanFA

Jamoamiz 2026-yilgi ayollar Osiyo kubogi saralash bosqichida Shri-Lanka, Laos, Nepal jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov bosh murabbiy Kotrina Kulbite bilan futbolchilarning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashdi.

Tibbiy shtabga jamoa vakillarining sogʻligi, tiklanishi va vitaminizatsiyalash jarayoni, shuningdek, ularga yuqori darajadagi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirish koʻrsatmasi berildi.

Shuningdek, O’FA rahbariyati ayollar terma jamoasi oldida juda muhim vazifa turganini ta’kidlab, bu yoʻlda OʻFA tomonidan barcha sharoitlar taqdim etilishini maʼlum qildi.

Endi navbat ayollar milliy terma jamoasiga, tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz kerak

Uchrashuvda oldinda turgan muhim o'yinlarda jamoaga omad tilab, futbolchilar va murabbiylarga ishonch yuqori ekanligini qayd etildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting