locale OZ

O‘FA rahbariyati Jizzaxga tashrif buyurdi

Tashrif davomida “So‘g‘diyona” futbol klubi akademiyasi faoliyati o‘rganildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA rahbariyati Jizzaxga tashrif buyurdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Jizzax viloyatida bo‘lib, u yerdagi futbol infratuzilmasi va futbol akademiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ravshan Ermatov Jizzax viloyati futbol akademiyasi hamda “So‘g‘diyona” futbol klubi akademiyasi faoliyatini o‘rgandi, yosh futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar va o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida mahalliy mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududda futbolni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarga ko‘maklashish hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting