locale OZ

O‘FA rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi

Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda O‘FA prezidenti maslahatchilari Avaz Azizxo‘jayev va Baxtiyor Abdullayev Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda professional hakamlarni tayyorlash, yosh hakamlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tinglovchilarga hakamlik katta mas’uliyat va mashaqqatli mehnat talab qiladigan faoliyat ekani, bu yo‘lda halollik, intizom, jasorat va fidoyilik muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.

Shuningdek, zamonaviy hakamdan o‘yin qoidalarini mukammal bilish, chet tillarini o‘rganish, jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada saqlash hamda o‘z ustida muntazam ishlash talab etilishi qayd etildi. Yosh hakamlarning professional va xalqaro darajada faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting