locale OZ

O‘FA rahbariyati Andijonda futbol infratuzilmasi hamda futbol maktablari faoliyati bilan tanishdi

Yosh avlodni sportga keng jalb etish borasida muhim tavsiyalar berildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA rahbariyati Andijonda futbol infratuzilmasi hamda futbol maktablari faoliyati bilan tanishdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Andijon viloyatida bo‘lib, hududdagi futbol infratuzilmasi hamda jamoalar faoliyati bilan tanishdi hamda Andijon futbol akademiyasi, Andijon-W ayollar jamoasi, Andijon FK hamda hududdagi futbol maktabi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Uchrashuv davomida bolalar futboli va ayollar futbolini rivojlantirish, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. O‘FA rahbariyati futbolchilar, murabbiylar va muxlislar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi.

Shuningdek, futbol maktabining infratuzilmasi, mashg‘ulot maydonlari hamda yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Hududlarda futbolni yanada rivojlantirish, yosh avlodni sportga keng jalb etish borasida muhim tavsiyalar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting