locale OZ

O‘FA mutaxassislari Bishkekdagi FIFA seminarida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston U-17 va U-16 terma jamoalarining bosh murabbiylari ham mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.
O‘FA mutaxassislari Bishkekdagi FIFA seminarida ishtirok etmoqda
Фото: ЎФА

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxassislari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan FIFA seminarida ishtirok etmoqda.

19 sentyabrgacha davom etadigan tadbir FIFAning TDS loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda tajriba almashish hamda yoshlar terma jamoalari murabbiylari uchun maxsus seminarlar o‘tkazilmoqda.

Seminarda O‘FAning terma jamoalar tayyorgarligi, murabbiylar ta’limi va yoshlar futbolini rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislari qatnashmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston U-17 va U-16 terma jamoalarining bosh murabbiylari ham mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.

Seminar davomida futbol sohasida xalqaro tajriba almashish, yoshlar terma jamoalari faoliyatini takomillashtirish va murabbiylik yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting