locale OZ

O‘FA Jaloliddin Masharipov bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar berdi

Holat yuzasidan yakuniy tibbiy xulosalar olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA Jaloliddin Masharipov bilan bog‘liq vaziyat haqida xabar berdi
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov AQShdagi yig‘in davomida bel qismidagi og‘riqlar sababli so‘nggi mashg‘ulotlarda, shuningdek, Kanada va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmadi.

So‘nggi haftalarda futbolchining bel sohasida og‘riqlar kuzatilib, dori-darmon va fizioterapiya muolajalari orqali uning holati yaxshilangan edi.

Biroq, keyinchalik og‘riqlar yana bezovta qila boshladi. O‘tkazilgan MRT tekshiruvi natijalariga ko‘ra, unda umurtqalararo disk churrasi qayta xuruj qilgani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda Jaloliddin Masharipovning sog‘lig‘i bo‘yicha Milliy jamoa tibbiy shtabi tomonidan ish olib borilmoqda. Holat yuzasidan yakuniy tibbiy xulosalar olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting