locale OZ

O‘FA huzuridagi futbol akademiyalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi

Seminar davomida “Yosh avlod qalbida kuchli ma’naviyat, vatanparvarlik va jamoaviy mas’uliyat ruhini shakllantirish” mavzusida ikki kunlik amaliy trening bo‘lib o‘tmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FA huzuridagi futbol akademiyalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi
photo: UFA

O‘FA huzuridagi futbol akademiyalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida “Yosh avlod qalbida kuchli ma’naviyat, vatanparvarlik va jamoaviy mas’uliyat ruhini shakllantirish” mavzusida ikki kunlik amaliy trening bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi yillarda futbolchilarimiz erishayotgan yuksak natijalar butun jamiyatimiz hayotida katta quvonch va faxr tuyg‘usini uyg‘otmoqda. Bu yutuqlar, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yoshlar uchun kuchli motivatsiya manbai bo‘lib, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yuksak maqsadlar sari intilish ruhini shakllantirmoqda.

Shu bois sportchilarni nafaqat jismoniy jihatdan, balki ma’naviy-ruhiy tomondan ham yetuk etib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tkazilgan seminar-treningda psixolog va sotsiolog mutaxassislar ishtirokida yoshlar bilan ishlashning zamonaviy usullari, ularda vatanparvarlik va sog‘lom muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting