O‘FA akademiyalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi
Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turishdi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
photo: UFA
30-may kuni Samarqand shahrida O‘FA huzuridagi futbol akademiyalari o‘rtasida 2011-yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirokidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasining hal qiluvchi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida yosh futbolchilar o‘z mahorati, tezkorligi va jamoaviy o‘yini bilan ajralib turishdi. Har bir uchrashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
1-o'rin. Toshkent viloyati FA
2-o'rin. Namangan FA
3-o'rin. Samarqand FA
G‘olib va sovrindor jamoalar musobaqa davomida barqaror va mazmunli o‘yin namoyish etib, munosib ravishda yuqori o‘rinlarni egallashdi.
Musobaqa yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor