locale OZ

Odil Ahmedov: “Qachonlardir O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishim mumkin”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odil Ahmedov: “Qachonlardir O'zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo'lishim mumkin”
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Odil Ahmedov ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan 90minutUz podkastida mehmon bo'ldi va muxlislardan kelgan bir qancha savollarga javob berib o'tdi.

- Kelajakda O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishingiz mumkinmi?

- Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar futbolga chuqur kirishib ketadigan bo'lsam, qachonlardir bu sodir bo'lishi mumkindir. Avvalo bunga vaqt kerak.

- Ko'pchilik muxlislar o'zbek futbolidagi hakamlarni yomonlashadi. Ya'ni, hakamlar katta klublar tomonida bo'ladi. Bunga fikringiz qanday?

- Avvalgi davr bilan hozirgi davrni solishtirsak, bugungi kunda hakamlik ancha yo'liga tushib qolgan. Chempionatimizning hozirgi turlarini olib qarasak, kamchiliklar deyarli ko'zga tashlanmayapti. Endi o'rtadagi odam inson faktori ro'l o'ynab xato qilgan bo'lishi mumkin, lekin kimnidir foydasiga atayin xato qilinmaydi.

- Agar Odil Ahmedovga imkon berilsa, terma jamoadagi qaysi xatosini yoki qaysi o'yindagi imkoniyatidan maksimal foydalangan bo'lar edi?

- Agar imkoniyat berilsa, Jahon chempionatiga eng yaqin kelgan paytimiz Janubiy Koreyaga 1:0 hisobida yutqazgan o'yinimizda darvozani ichiga turib olardim. Keyin gol bo'lmas edi (kuladi).

- Odil Ahmedov nega faoliyatini erta yakunlagan? Hammasi qandaydir gap-so'zlar tufaylimi?

- Bunga asosiy sabablardan biri, otamning olamdan o'tkanlari bo'lgan. Bu holat menga qattiq ta'sir qilgan.

Ma'lumot uchun, Odil Ahmedov 2007-yilda milliy terma jamoa safida o'z debyutini o'tkazib, 108 ta o'yinda maydonga tushgan va 21 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. Tajribali futbolchi 2021-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting