locale OZ

Odil Abdumajidov yana Superligada to‘p suradi

Yosh himoyachi "Qizilqum" bilan shartnoma imzolash arafasida
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odil Abdumajidov yana Superligada to‘p suradi
Rasm: sports.kz

24 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Odil Abdumajidov faoliyatini "Qizilqum" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda "Futbol yangiliklari" Telegram-kanali xabar berdi.

1 iyuldan beri u erkin agent maqomida. Abdumajidov joriy mavsumda Qozog‘istonning "Turan" (Turkiston) klubi safida 14 uchrashuvda maydonga tushgan, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqa olmadi.

U Qozog‘istonga yo‘l olguniga qadar "Andijon", "Metallurg", "Olimpik" va "Dinamo" kabi o‘zbek klublarida to‘p surgan. 2022 yili esa "Ordabosi" sharafini ham himoya qilgan.

Transfermarkt sayti ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining transfer bahosi 400 ming yevroni tashkil etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting