locale OZ

Odil Abdumajidov: Maqsad va barchasini tushuntirganidan keyin “Andijon”ga oʻtishga qaror qildim

Kuni kecha isteʼdodli himoyachi Odil Abdumajidov rasman “Burgutlar” aʼzosi sifatida tanishtirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odil Abdumajidov: Maqsad va barchasini tushuntirganidan keyin “Andijon”ga oʻtishga qaror qildim
photo: Andijon fk

“Andijon” klubi qishki transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirayotganidan xabaringiz bor.

Kuni kecha isteʼdodli himoyachi Odil Abdumajidov rasman “Burgutlar” aʼzosi sifatida tanishtirildi.

Shundan soʻng klub matbuot xizmati ushbu futbolchi bilan suhbatlashdi.

- Odiljon "Andijon" klubiga oʻtganingiz bilan tabriklayman. Bu qanday yuz berdi?

- Tabrik uchun katta rahmat. 3-4 ta takliflar boʻlayotgandi. Oʻzimizni chempionatdan ham, xorijdan ham qiziqishlar bor edi. Shularni koʻrib chiqayotgandim. Keyin Samvel Vyacheslavovich chaqirdi va biz koʻrishdik. Maqsad va barchasini tushuntirganidan keyin “Andijon”ga oʻtishga qaror qildim. Bu taklif menga maʼqul keldi.

- Katta futbolga Andijonda qadam qoʻygansiz va siz uyingizga qaytdingiz. Bu siz uchun nimani bildiradi?

- Oʻzim tugʻilib oʻsgan joy. Ota-onam, yaqinlarim hammasi shu yerda. Baribir Andijonda yaqinlaringiz koʻz oʻngida toʻp surish boshqacha zavq bagʻishlaydi. Masʼuliyati ham boshqacha boʻladi. Hammasi yaxshi boʻladi, degan umiddaman.

- Yangi mavsumda jamoani maqsadi katta. Siz esa uning bir boʻlagiga aylanyapsiz. Masʼuliyat yuki ogʻirlik qilmaydimi?

- Hech qanaqa ogʻirlik qilmaydi. Aksincha, qancha masʼuliyat yuqori boʻlsa, futbolchi oʻsib boraveradi. Bu menga oʻsishimga katta yordam beradi, deb oʻylayman. Anchadan beri futbol oʻynayman. Har xil joylarda oʻynadim. Barchasi joyida boʻladi.

- Bu yil “Turon”da va keyin “Shoʻrta”da oʻynadingiz. Lekin “Shoʻrtan” ligani tark etdi. Shunday ekan, ortda qolgan mavsum haqida nima deya olasiz?

- Qiyin oʻtdi, deya olmayman. Futbolda har xil holatlar boʻladi. “Shoʻrtan”ga kelgan paytda jamoa oxirgi oʻrinda edi. Jamoani olib qolish uchun oʻzimga maksimal maqsad qoʻyganman va buning uchun harakat qildim. Bu futbol. Biz qoʻlimizdan kelganicha sababini qildik. Nasib qilmadi. Lekin koʻp narsa oldim va oʻrgandim, deb bemalol ayta olaman.

- “Andijon” klubidagi oʻzgarishlarni siz ham diqqat bilan kuzatib boryapsizmi? Fikringiz qanday?

- Albatta, kuzatib boryapman. Murabbiy jamoani maksimal kuchaytirish va oʻz taktikasiga toʻgʻri keladigan saviyali oʻyinchilarni olish harakatida. Yaxshi futbolchilar olinyapti va hammasi yaxshi boʻladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting