locale OZ

Odegaard jarohati sabab kamida bir oyga safdan chiqdi

Futbolchi APL doirasida “West Ham”ga qarshi bahsda tizzasidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odegaard jarohati sabab kamida bir oyga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” sardori Martin Odegaard jarohati sabab kamida bir oy davomida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi 4-oktabr kuni APL doirasida “West Ham”ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgandi.

Qayd etilishicha, norvegiyalik 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi jarohat sabab noyabr oyi oxirigacha safdan chiqqan.

Shu tariqa, Odegaard “Fulham”, "Crystal Palace", "Burnley", "Sunderland", "Atletico" va "Slavia"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi aniq.

Katta ehtimol bilan u 23-noyabr kungi London derbisidagi “Tottenham”ga qarshi bahsga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Odegaard joriy mavsumda 7 ta o‘yinda 2 ta golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting