Ochoa «AEL Limassol» futbolchisiga aylandi
U faoliyatini Kiprda davom ettiradi.
ФОТО: Getty images
Meksikalik mashhur darvozabon Guillermo Ochoa Kiprning “AEL Limassol” jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasmiy ravishda e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, hozircha tomonlar o'rtasida tuzilgan shartnomaning to'liq tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Ochoa o'tgan mavsumni Portugaliyaning “ABC SAD” klubida o'tkazdi. 40 yoshli darvozabon faoliyati davomida “Ajaccio”, “Malaga”, “Granada” va “Salernitana” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Meksika terma jamoasi safida shu kunga qadar 152 ta o'yin o'tkazgan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 500 ming yevroga baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist