locale OZ

OChL saralashi. Ronaldu Toshkentga, Benzema Farg‘onaga kelishi mumkin

Turnirning yangi mavsumi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL saralashi. Ronaldu Toshkentga, Benzema Farg‘onaga kelishi mumkin
ФОТО: Getty images

18 avgust kuni Osiyo futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘onaning "Neftchi" va Toshkentning "Paxtakor" klublarining liga bosqichidagi raqiblari ma'lum bo‘ldi.

Qur'a yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning amaldagi chempionlari bo‘lmish "Neftchi" Saudiya Arabistonining birato‘la 5 jamoasiga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi: "Al Ahli", "Al Hilol" va "Al Ittihod"ga qarshi uyda, "An Nasr" va "Al Qodisiya"ga qarshi safarda. Bundan tashqari, uyda Iroqning "Eyr Fors", safarda Eronning "Istiqlol" hamda "Traktor" klublariga qarshi o‘yinlar kutmoqda.

O‘zbekistonlik muxlislar Toshkentda "An Nasr" yulduzlari – Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Kingsli Koman va Joau Feliks, shuningdek, "Al Qodisiya"dagi Mateo Retegi, Xulian Kiniones va Otavio kabi yulduz futbolchilar o‘yinlariga guvoh bo‘lishi mumkin.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting