locale OZ

OCHL. Ertangi bahs oldidan tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi

Komissar va nazoratchi tomonidan nimalarga e'tibor qaratishlari lozimligi alohida tushuntiriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OCHL. Ertangi bahs oldidan tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi
Photo: Andijon FK

Osiyo Chempionlar ligasi 2 “B” guruhi 1-turidan o'rin olgan “Arkadag” (Turkmaniston) - “Andijon” (O'zbekiston) uchrashuvi oldidan bugun ikkala jamoa vakillari va o'yin rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Ashxobod shahridan Arkadag shahri tomon yo'l olgan jamoamiz vakillari “Markaw” mehmonxonasida aynan o'yin rasmiylari hamda mezbon jamoaning ma'sul xodimlari bilan uchrashishdi.

Tabiiyki, ushbu yig'ilishda ertangi bo'lib o'tadigan bellashuv oldidan tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Har ikki klub vakillariga komissar va nazoratchi tomonidan bu borada nimalarga e'tibor qaratishlari lozimligi alohida tushuntirildi.

Shu bilan birga ertangi bahsda jamoalarning qanday liboslarda maydonga tushishi ham ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, “Andijon” jamoamiz qizil libosda, “Arkadag” esa oq libosda harakat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting