locale OZ

OChL 2’ga qur’a tashlandi — “Nasaf”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2026/27-yilgi OChL 2 musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
OChL 2’ga qur’a tashlandi — “Nasaf”ning guruhdagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

18-avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida 2026/27-yilgi OChL 2 musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Qarshining “Nasaf” klubi “A” guruhidan joy oldi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, “Nasaf” Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Vahda”, Quvaytning “Kuvayt SK” hamda Bahraynning “Al-Haldiya” klublariga qarshi bahs olib boradi.

G‘arb mintaqasining boshqa guruhlarida ham qiziqarli juftliklar shakllandi. “B” guruhidan “Al-Jazira”, “Gol Gohar”, “Al-Muharraq” va “Arkadag”, “C” guruhidan “Al-Taavun”, “Al-Rayyan”, “Al-Faysali” va “Al-Nahda” joy oldi. “D” guruhida esa “Al-Husayn”, “Al-Shorta”, “Al-Sib” va “Ist Bengal” o‘zaro kurash olib boradi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” 2026/27-yilgi mavsumda O‘zbekiston nomidan OChL 2 turnirida ishtirok etadi. Musobaqaning guruh bosqichida Qarshi klubi o‘z guruhidagi uchta raqibga qarshi uy va safar uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting