locale OZ

OChL 2. Bugun «Andijon» o‘z guruhida peshqadamlikni qo‘lga olish imkoniyatiga ega

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” va “Arkadag” uchrashuvi soat 18:45 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL 2. Bugun «Andijon» o‘z guruhida peshqadamlikni qo‘lga olish imkoniyatiga ega
Фото: Андижон ПФК

Osiyo Chempionlar Ligasi ikki turnirida bugun 5-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

«B» guruhida o‘z yurishini davom ettirayotgan "Andijon" bugun o‘z maydonida Turkmanistonning "Arkadag" jamoasini qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, "Burgutlar" bugun 2 to‘p farqi bilan g‘alaba qozona olishsa, turnir jadvalida 7 ochkoga ega bo‘lishadi va Qatarning "Al-Ahli" klubini to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirib, peshqadam bo‘lib oladi.

Guruhda "Al-Haldia" 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. "Arkadag" esa 4 o‘yinda 3 ochko to‘plab, 4-o‘ringa joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” va “Arkadag” uchrashuvi soat 18:45 da boshlanadi.

OChL 2. 5-tur. “B” guruhi
“Andijon” - “Arkadag” (Turkmaniston)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting