OChL 2. «Andijon» - «Al-Ahli» uchrashuvi chiptalari narxi ma'lum
Chiptalar faqatgina "Bobur Arena" stadioni kassalari orqali sotiladi.
ФОТО: Getty images
"Andijon"ning xalqaro maydondagi debyut uy uchrashuvi uchun 4 turdagi chiptalar savdoga chiqarilgan. Chipta narxlari OFK talabi asosida to'rt toifada – 50, 75, 100 va 150 ming so'm qilib belgilangan.
Chiptalar faqatgina "Bobur Arena" stadioni kassalari orqali sotiladi.
Eslatib o'tamiz, "Andijon" va "Al Ahli" o'rtasidagi uchrashuv 1-oktabrga belgilangan.
"Andijon" dastlabki o'yinda Turkmanistonda "Arkadag" bilan 0:0 hisobida durang o'ynagan edi. Shu orqali xalqaro maydondagi ilk uchrashuvini o'tkazishga muvaffaq bo'lgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist