locale OZ

OChL 2. «An Nasr» chorak finalda «Al Vasl»ni yirik hisobda magʻlub etdi

Uchrashuvda Ronaldu faoliyatidagi 969-golini urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL 2. «An Nasr» chorak finalda «Al Vasl»ni yirik hisobda magʻlub etdi
FOTO: Getty Images

OFK Chempionlar Ligasi 2-ning chorak final uchrashuvi yakunlandi. Unda BAAning «Al Vasl» hamda Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Dubaydagi «Zabel» stadionida o‘tgan o‘yinda mehmonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 24-daqiqada himoyachi Inigo Martines «An Nasr»ning ustunligini oshirgan bo‘lsa, 26-daqiqada Abdulela Al-Amri hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Ikkinchi bo‘limning 80-daqiqasida Sadio Mane yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:0.

E’tiborli jihati, Krishtianu Ronaldu ushbu o‘yinda o‘z faoliyatidagi 969-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Turnirning yarimfinal bosqichida «An Nasr» jamoasi «Al Ahli» – «Al Husayn» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting