locale OZ

OChL-2. «An Nasr» «Al Ahli»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi

Uchrashuvda Ronaldu gol ura olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OChL-2. «An Nasr» «Al Ahli»ni magʻlub etib, finalga yoʻllanma oldi
FOTO: Getty Images

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 (AFC Champions League Two) 2025 yilgi mavsumining yarimfinal uchrashuvi yakuniga yetdi. Dubaydagi «Zabel» stadionida kechgan bahsda Saudiya Arabistonining «An Nasr» jamoasi Qatarning «Al Ahli» klubini 5:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv xronologiyasi:

  • 10-daqiqa: «Al Ahli» hujumchisi Seku Yansan hisobni ochdi — 0:1.
  • 13-daqiqa: «An Nasr» futbolchisi Kingsli Koman muvozanatni tikladi — 1:1.
  • 23-daqiqa: Vinger Gabriel Anjelo Saudiya klubini oldinga olib chiqdi — 2:1.
  • 45+7-daqiqa: Birinchi bo‘lim yakunida Kingsli Koman dublini rasmiylashtirdi — 3:1.
  • 63-daqiqa: Kingsli Koman uchinchi golini urib, xet-trik qayd etdi — 4:1.
  • 80-daqiqa: Hujumchi Abdulla Al Hamdan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 5:1.

Jamoa yetakchisi Krishtianu Ronaldu maydonda 78 daqiqa harakat qildi, biroq bu safar samarali natija qayd eta olmadi.

«An Nasr» turnirning final bosqichida Yaponiyaning «Gamba Osaka» jamoasi bilan to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs 16 may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting