locale OZ

Oblak «Atletiko»ni tark etishga qaror qildi

Sloveniyalik darvozabon 2014 yildan beri “Atletiko” safida to'p tepmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oblak «Atletiko»ni tark etishga qaror qildi
ФОТО: Getty images

“Atletiko” darvozaboni Yan Oblak mavsum oxirida jamoani tark etadi. Bu haqda El Chiringuito xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 33 yoshli posbon faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish variantini ko'rib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, Oblak klub rahbariyati bilan shartnomasidagi 120 million yevrolik tovon puli miqdorini kamaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, sloveniyalik darvozabon 2014 yildan beri “Atletiko” safida to'p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda u La Ligada 26 ta bahsda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting